Oliy sud Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva kiritgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqishda sudlov hay’ati JPKning 6 ta moddasi talablarini buzgan deb topdi. Ish apellyatsiyada takroran ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyat sudiga qaytarildi.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qariyb 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Gulhajon Yo‘ldoshevani 3 yilgacha muayyaan huquqdan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Advokatlar esa boshqacha fikrda. Yo‘ldoshevaning himoyachilari jinoyat ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq shahar prokurori tashabbusida qo‘zg‘atilganini aytmoqda.
Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Chirchiq shahar prokurori sifatida ishlagan. Ibrohimov Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning ishi sudgacha yetib bormasidan OAVlarda aybdor degan fikrni ilgari surgani bilan ko‘pchillikka tanish.
Guljahon Yo‘ldosheva sudda bergan ko‘rsatuvlari davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilganini ta’kidladi. Qolaversa, Farrux Rustamovning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, shifoxonadan olib ketilayotganida uyda, farzandi betobligi bois uning oldida bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati u Farrux Rustamovning o‘limida umuman aloqasi yo‘qligini aytganini ma’lum qildi. Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayonida uning ko‘rsatmasi tinglandi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlandi. Sud ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi ko‘rib chiqadi. Yo‘ldoshevaning advokati ayblovlar asossiz ekanini aytmoqda. «Hozir taqdim qilingan ayblov bo‘yicha 20 ta epizod taqdim qilingan», — dedi advokat. U, shuningdek, tarqatilayotgan xabarlar Yo‘ldoshevaning oilasiga ruhim bosim o‘tkazayotganini aytmoqda.
8 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva jazo chorasini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Xuddi shunday so‘rov Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham bildirildi — biroq bosh shifokor qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning koronavirusdan vafot etgani sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Marhum vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva 250 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-toroj qilish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash ayblari bilan qamoqqa olindi. U Chirchiqdagi go‘zallik salonida qo‘lga olindi. Avgustda u shifoxona uchun uskunalar hamda tibbiy xodimlar uchun mukofot pullari berilmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting